Frontend Engineer (AI Tools Experienced)
Location: Namangan (Ofisda ishlash)
Experience: 1–3 yil
Employment type: Full-time
Salary: Suhbatdan so‘ng aniqlanadi
Biz kimmiz?
ETAMIN IT Solutions — zamonaviy texnologiyalar va AI asosidagi IT mahsulotlar yaratishga ixtisoslashgan kompaniya. Loyihalarimiz tezkor, innovatsion va yuqori talabga ega. Jamoamizga AI bo‘yicha ilg‘or vositalardan foydalanishni biladigan Frontend Engineer kerak.
Majburiyatlar:
-
Frontend loyihalarni noldan yaratish va mavjudlarini rivojlantirish
-
UI/UX dizaynlar asosida toza va optimallashtirilgan kod yozish
-
AI vositalar (ChatGPT, Claude, Cursor, Copilot va boshqalar) yordamida tezkor ishlab chiqish
-
APIlarni integratsiya qilish, state management bilan ishlash
-
Kodni testlash, optimizatsiya qilish va productionga tayyorlash
-
Jamoa bilan birga Scrum/Agile jarayonlarida ishlash
Talablar:
-
JavaScript/TypeScript bo‘yicha yaxshi bilim
-
React.js (yoki Next.js) bilan kamida 1 yil tajriba
-
UI kutubxonalar: TailwindCSS, Ant Design, MUI, Chakra UI – kamida bittasini bilish
-
Git/GitHub bilan ishlay olish
-
API (REST yoki GraphQL) bilan integratsiya qilish bo‘yicha tajriba
-
AI vositalari bilan samarali ishlash: kod yozishni tezlashtirish, refaktor, debugging
-
Masʼuliyatli, tez o‘rganadigan va jamoada ishlay oladigan bo‘lish
Qo‘shimcha afzalliklar:
-
Next.js App Router bilan ishlagan
-
Performance optimization bo‘yicha tushuncha
-
Docker bilan tanishlik
-
Figma’dan o‘qiy olish
-
AI integration (chatbotlar, automations) bo‘yicha minimal tushuncha
Biz taklif qilamiz:
-
Innovatsion AI loyihalarda ishtirok etish
-
Kuchli CTO va tajribali jamoa bilan ishlash
-
Ofisda qulay ish muhiti
-
O‘sish va yangi texnologiyalarni amalda qo‘llash imkoniyati
Ariza topshirish:
Resume/portfolio va GitHub havolangizni yuboring:
Ключевые навыки
- REST API
- TypeScript
- GitHub
- SQL
- Agile
- UI
- UX
- Vue.js
- React
- Английский — B1 — Средний