📍 Joylashuv: Qo‘qon shahri
Biz — MCHJ "Tafakkur Group", jadal rivojlanayotgan IT-kompaniya bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab mijozlarga sifatli texnologik yechimlar taqdim etamiz. Biz veb-mahsulotlar, mobil ilovalar hamda B2B va B2C segmentlari uchun biznes platformalar yaratamiz.
Jamoamizga loyihalarni startdan relizgacha samarali boshqara oladigan, tizimli va proaktiv Project Manager izlayapmiz.
Vazifalar:
-
IT-loyihalarni boshqarish va muvofiqlashtirish (veb/mobil ishlab chiqish, CRM, SaaS)
-
Loyihalar bo‘yicha taymlaynlar, byudjet va resurslarni shakllantirish hamda nazorat qilish
-
Loyiha hujjatlarini yuritish (SOW, WBS, Gantt diagrammalari va boshqalar)
-
Mitinglarni tashkil etish va olib borish (daily, planning, demo, retro)
-
Dasturchilar, dizaynerlar va testlovchilardan iborat jamoani boshqarish
-
Buyurtmachi bilan samarali muloqot: talablarni yig‘ish, kutilmalar va fikr-mulohazalarni boshqarish
-
Loyiha risklari va o‘zgarishlarini boshqarish
-
Loyiha boshqaruv tizimlaridan foydalanish (Jira, Asana, ClickUp va boshqalar)
Talablar:
-
IT sohasida Project Manager sifatida kamida 2 yil tajriba
-
SDLC, Agile / Scrum / Kanban metodologiyalarini bilish
-
Masofaviy yoki tarqatilgan jamoalar bilan ishlash tajribasi
-
Bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihani boshqarish qobiliyati
-
Ingliz tili, Rus tili — majburiy emas, bo'lsa +
-
O‘zbek tili — C1 daraja
-
Kuchli kommunikatsiya va boshqaruv ko‘nikmalari
-
Tizimli fikrlash, rejalashtirish va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish qobiliyati
Afzallik bo‘ladi:
-
Outsourcing kompaniyada ishlash tajribasi
-
Sertifikatlar: PMI, PMP, PSM, PSPO, AgilePM va boshqalar
-
Texnik hujjatlar yozish tajribasi (BRD, SRS)
-
Figma, Miro, Confluence, Notion, Trello bilan ishlash ko‘nikmalari
Biz taklif qilamiz:
-
Raqobatbardosh ish haqi + KPI asosidagi bonuslar
-
Kuchli texnik jamoa va PMO qo‘llab-quvvatlovi
-
Professional va martaba o‘sishi
-
Zamonaviy ofis va sog‘lom, toksik bo‘lmagan jamoa madaniyati