-
Sizning vazifalaringiz:
-
Tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida kibersport va geyming nazariyasi hamda amaliyoti bo‘yicha darslar o‘tish;
-
O‘quvchilarga asosiy kibersport yo‘nalishlari (masalan: Dota 2, CS:GO/CS2, Valorant, PUBG Mobile, FIFA/EA FC va h.k.) bo‘yicha taktika, makro va mikro-boshqaruv asoslarini o‘rgatish;
-
O‘quvchilarda jamoaviy ishlash (teamwork), yetakchilik (leadership), stressga chidamlilik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
-
Raqamli gigiyena, taym-menejment (vaqtni to‘g‘ri taqsimlash) va kiber-sog‘liq (ergonomika, ko‘zlar va jismoniy holatni asrash) qoidalarini o‘rgatish;
-
Maktab ichki turnirlarini tashkil etish va iqtidorli o‘quvchilarni professional musobaqalarga tayyorlash.
-
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
-
Oliy ma’lumot (Pedagogika, Psixologiya yoki IT yo‘nalishida bo‘lsa ustunlik beriladi);
-
Kibersport sohasida trener, tahlilchi (analyst), kapitan yoki professional o‘yinchi sifatida kamida 1-3 yillik tajriba;
-
Zamonaviy mashhur o‘yinlar mexanikasi, metasi va turnir qoidalarini chuqur bilish;
-
Bolalar va o‘smirlar bilan til topisha olish, pedagogik odob va yetakchilik qobiliyati;
-
O‘yin ichidagi toksiklik (tajovuzkorlik) bilan kurasha olish va o‘quvchilarda sog‘lom raqobat madaniyatini shakllantirish;
-
O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish.
-
Biz nimalarni taklif etamiz:
-
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish;
-
Eng so‘nggi rusumdagi kuchli kompyuterlar, professional uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy kiber-sinf;
-
Tajriba va o‘quvchilaringiz ko‘rsatgan natijalarga asoslangan munosib va o‘z vaqtida beriladigan maosh;
-
Ahil, yosh va texnologiyalar olamida yashaydigan progressiv jamoa.
Ключевые навыки
- Русский — C1 — Продвинутый
- Английский — B2 — Средне-продвинутый
- Узбекский — C2 — В совершенстве