Моушн-дизайнер

до 20 000 000 so'm за месяц на руки

Опыт работы: 1–3 года

Полная занятость

График: 6/1

Рабочие часы: 8

Формат работы: на месте работодателя

Напишите телефон, чтобы работодатель мог связаться с вами
Продолжая, вы принимаете соглашение и политику конфиденциальности

Keep Marketing — bizneslarni rivojlantirishga yo'naltirilgan marketing agentligi. Biz SMM, brending, marketing strategiyasi va digital reklama yo'nalishlarida faoliyat yuritamiz. Biz uchun kontent nafaqat chiroyli ko'rinishi, balki e'tiborni jalb qilishi va biznes natijasini olib kelishi muhim.

Shu sababli jamoamizga kreativ fikrlaydigan, zamonaviy trendlarni kuzatib boradigan va animatsiya orqali g'oyalarni jonlantira oladigan Motion Dizayner qidirmoqdamiz.

Sizning asosiy vazifalaringiz

  • Ijtimoiy tarmoqlar uchun Motion Design kontentlarini yaratish;

  • Instagram Reels, TikTok va YouTube Shorts videolarini montaj qilish;

  • Reklama roliklari, promo videolar va animatsion kontent tayyorlash;

  • 2D va 3D animatsiyalar yaratish;

  • Vizual effektlar (VFX) va Motion Graphics elementlarini ishlab chiqish;

  • Grafik dizayner, videograf va SMM jamoasi bilan hamkorlikda ishlash;

  • AI vositalaridan foydalanib video yaratish va montaj jarayonlarini optimallashtirish;

  • Zamonaviy trendlarni kuzatish va yangi kreativ g'oyalarni taklif qilish.

Sizdan kutamiz

  • Motion Design yoki videomontaj sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi;

  • Adobe After Effects va Adobe Premiere Pro dasturlarini mukammal bilish;

  • Blender yoki boshqa 3D dasturlarida ishlash ko'nikmasi;

  • Motion Graphics, animatsiya va videomontaj bo'yicha amaliy tajriba;

  • Reels, Shorts va boshqa qisqa formatdagi kontent yaratish tajribasi;

  • Runway, Kling AI, Veo, Pika yoki boshqa AI video vositalari bilan ishlash tajribasi;

  • Kreativ fikrlash, vizual did va tafsilotlarga e'tibor.

Biz nimani taklif qilamiz

  • Raqobatbardosh ish haqi (suhbat jarayonida muhokama qilinadi);

  • O'z g'oyalaringizni amalga oshirish uchun kreativ muhit;

  • Kuchli marketing va kreativ jamoada ishlash;

  • Ish formati — oflayn;

  • Ish grafigi — 6/1, 10:00–19:00;

  • Ofis — Toshkent shahri, Minor metro bekati yaqinida.

Задайте вопрос работодателю

Он получит его с откликом на вакансию

Где предстоит работать

Ташкент, Юнусабадский район, махаллинский сход граждан Буюк Туран, улица Осиё
Вакансия опубликована 10 июля 2026 в Ташкенте