Kim kerak?
Falaq Nashr nashriyoti kitoblarni asl tilidan o'zbek tiliga tarjima qilib nashr etadi. Bizga brendimiz ovozini eshittiradigan, kitobxonlar va hamkorlar bilan ishonchli aloqa qura oladigan PR menejer kerak.
Vazifalar:
- Nashriyot PR strategiyasini ishlab chiqish va yuritish
- Telegram va Instagram'da kontent rejasini tuzish, matnlar yozishga yordam berish
- Kitob taqdimotlari, sovg'a aksiyalari kabi tadbirlarni tashkil qilish
- OAV va Telegram kanallar bilan ishlash, matbuot xabarlari tayyorlash
- Kitob do'konlari (B2B hamkorlar) bilan qo'shma reklama loyihalarini yuritish
- Natijalarni tahlil qilib, oylik hisobot berish
Talablar:
- PR, marketing yoki jurnalistika sohasida kamida 1–2 yil tajriba
- O'zbek tilida a'lo darajada yozish qobiliyati
- Ijtimoiy tarmoqlar mexanikasini bilish: Reels, Stories, Telegram kontenti
- Kitob va o'qishga chin qiziqish — bizning mahsulotimizni sevmasdan sotib bo'lmaydi
- Odamlar bilan tez til topishish, muzokara olib borish ko'nikmasi
- Mustaqil ishlash, o'z loyihasiga egalik hissi
Ustunlik beriladi:
- Nashriyot, ta'lim yoki media sohasidagi tajriba
- Rus/ingliz tilini bilish
- Grafik dizayn yoki video montaj asoslari
- Tayyor blogerlar/OAV bazasi bo'lishi
Biz taklif qilamiz:
- Bozorga mos, tajribaga qarab kelishiladigan maosh + natijaga bonus
- Toshkentda qulay ofis
- Ma'nosi bor ish: siz sotayotgan mahsulot — bilim va tarbiya
- Tez qaror qabul qiladigan jamoa — g'oyangiz haftalab kutmaydi
- Kasbiy o'sish: o'z PR bo'limini qurish va boshqarish imkoniyati
Nomzodlik uchun:
Rezyume + o'zingizga yoqadigan 2–3 ta ishingiz namunasini yuboring
Ключевые навыки
- Написание текстов
- Развитие бренда
- Digital Marketing
- Social Media Marketing
- Разработка маркетинговой стратегии
- Планирование рекламных кампаний
- Организационные навыки
- Управление командой
- Анализ PR стратегии конкурентов
- Интернет-реклама
Задайте вопрос работодателю
Он получит его с откликом на вакансию
Где предстоит работать
Ташкент, улица Янгишахар, 8
Вакансия опубликована 23 июля 2026 в Ташкенте